Kattaqo’rg’on garnizonida joylashgan harbiy qismda Mudofaa vazirligi qo’shinlari o’rtasida har yili o’tkazilib kelinadigan «Mudofaa vazirligi qo’shinlarida Artilleriyadan otish va o’t ochishni boshqarish tanlovi» ning vazirlik bosqichiga start berildi. Tanlovda harbiy qism komandirlaridan tortib guruh komandirigacha bo’lgan harbiy xizmatchilar ishtirok etadi.
⚡️Tanlov Mudofaa vazirligi artilleriya boshqarmasi tomonidan shaffof baholab boriladi. Mazkur tanlovda o’zining bilim va ko’nikmalarini amalda yaxshi qo’llay olgan harbiy xizmatchilar ishtirok etib o’zaro bellashadilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan