Kattaqo’rg’on shahrida “Umummilliy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 12-oktabr sanasida Kattaqo’rg’on shahardagi tashkilot va muasasalar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Umummilliy diktant” savodxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ishtirokchilarning yozma nutq va imlo savodxonligini oshirish, davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda jamiyatda ona tiliga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirishdan iborat.

Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan tartib asosida “Umummilliy diktant”da ishtirok etib, o‘zlarining savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar, davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzi va mavqeini yanada oshirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida davlat tiliga oid qonunchilik talablariga rioya etish, ish yuritishda davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish, yozma va og‘zaki nutq madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Savodxonlik — milliy tafakkur va ma’naviy yuksalishning muhim mezonidir.

👨‍💼J.Sherov
shahar hokimi maslahatchisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan