YОSHLAR ZAKOVATI SINOVDAN O‘TDI

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining talabalarI o‘rtasida “TAFAKKUR BATTLE” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning bilimini mustahkamlash, mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, topqirlik hamda kreativ tafakkurini sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.

Bellashuv davomida ishtirokchilar:
▫️ mantiqiy va intellektual savollar;
▫️ kreativ va so‘z bilan bog‘liq topshiriqlar;
▫️ tezkor fikrlashga asoslangan shartlar;
▫️ topqirlik va jamoaviy hamkorlik talab etuvchi bellashuvlarda faol ishtirok etdilar.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va sog‘lom raqobat ruhida o‘tib, talabalar o‘z bilimlari, zukkoligi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan