QURILISH OBYEKTLARIDA SIFAT VA MUDDAT — ASOSIY MEZON

Kattaqo’rg’on shahrida amalga oshirilayotgan qurilish obyektlaridagi ishlarning bugungi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Shahar hokimligining majlislar zalida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari N. Rahmonov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida har bir qurilish obyekti kesimida ishlarning borishi, qurilish sur’ati, bajarilayotgan ishlar sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Mas’ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud muammo va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar davomida ayrim obyektlarda yo‘l qo‘yilayotgan sustkashlik va kamchiliklar tanqid qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq va qat’iy topshiriqlar berildi. Ayniqsa, qurilish ishlarini jadallashtirish bilan bir qatorda sifat nazoratini kuchaytirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish va obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Yig‘ilish yakunida har bir mas’ulga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan va sifatli bajarish, qurilish jarayonida mas’uliyatni yanada oshirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan