TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR UCHUN IMKONIYATLAR — E’TIBOR MARKAZIDA
Bugungi kunda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biridir.
Shu maqsadda bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi Pedagogika texnikumi hamda shu hududda faoliyat yuritayotgan “Malika Education” o‘quv markaziga tashrif buyurib, ushbu o’quv muassasalarida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va kelgusidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, texnikum oshxonasidagi sharoitlar ko’zdan kechirilib, o‘quvchilarni sifatli va xavfsiz ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish hamda tozalikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Zero, sifatli ta’lim, munosib sharoit va sog‘lom ovqatlanish yoshlarning har tomonlama kamol topishida muhim omil hisoblanadi.









