Kambag‘allikni qisqartirish — manzilli va amaliy ishlar davom etmoqda
Kattaqo‘rg‘on shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish vazifalari ijrosi yuzasidan manzilli va amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda, shahar hokimi Gavhar Alimova tegishli mas’ul rahbarlar bilan shahrimizning “Nurafshon” mahallasida bo‘lib, mazkur mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Bu borada mahalla yettiligi a’zolarining olib borilayotgan ishlari sarhisob qilinib, ularning axborotlari eshitildi.
Shuningdek, mahallada har bir oilaning sharoitidan kelib chiqib, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu mahallada aholi daromadlarini oshirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va dasturga kiritilgan loyihalar ijrosi ham ko‘zdan kechirildi. Mas’ul rahbarlarga belgilangan vazifalarni muddatida sifatli bajarish, har bir oila bilan alohida ishlash hamda aniq natijaga erishish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.









