Talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosarlari Shahlo Kuchkarova, Jasur G‘aniyev hamda tegishli mas’ullar Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurib, bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida yotoqxonaning yashash xonalari, umumiy foydalanish joylari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari, o‘ylantirayotgan masalalari tinglandi.
Muloqot jarayonida yoshlarning murojaat va takliflariga alohida e’tibor qaratilib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish hamda yotoqxonada qulay muhitni ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

Zero, bugungi talaba — ertangi kunning yetuk mutaxassisi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib sharoitlarda yashashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning kelajakdagi intilishlari va yutuqlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan