VOYAGA YETMAGANLAR ISHLARI BOʻYICHA KOMISSIYANING MUHOKAMA YIGʻILISHI OʻTKAZILDI
Hozirgi kunda voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni hamda ularni qarovsizligini oldini olish muhim masalalardan hisoblanadi.
🇺🇿Bugun Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Komissiya raisi shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda komissiya aʼzolari, masʼul idora va tashkilotlarning vakillari, taʼlim muassasalar rahbarlari, nazoratdagi voyaga yetmagan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi “Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish to‘g‘risida” PF-201-son Farmoni ijrosi bo’yicha oʻtgan vaqt davomida shahar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Sundan so’ng, Bolalar masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining 2026-yil III-chorak ish rejasiga muvofiq shahar Ichki ishlar bo‘limi hamda Sog‘liqni saqlash bo‘limining hisobotlari eshitildi. Yigʻilishda taʼlim muassasalari va mahallalar kesimida voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, bu borada kelgusidagi ishlarni jonlantirish yuzasidan masʼullarga zaruriy topshiriqlar berildi.






