BOZORLAR XAVFSIZLIGI — ENG MUHIM MASALA
Kattaqo‘rg‘on shahrida bozorlar va savdo komplekslarida xavfsizlikni ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Bugun Kattaqo’rg’on shahar “Dehqon bozori” va Samkat “Oaizis durdonasi” MChJ Savdo kompleksida shahar hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli mas’ul rahbar tomonidan o‘rganish olib borildi. Shuningdek, bozor va savdo kompleksi rahbarlari hamda bu erda savdo faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish hamda tez yonuvchi matolar va to‘rli materiallarni to‘liq olib tashlash bo‘yicha tushuntirish berildi.
O‘rganishlar jarayonida bozor va savdo kompleksi rahbarlari hamda tegishli mas’ullarga kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va boshqa vaqtinchalik konstruksiyalarni olib tashlash, barcha elektr simlari va kabellarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq va manzilli vazifalar belgilab berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi va tadbirkorlar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bozorlar hududida xavfsiz muhitni yaratish maqsadida davom ettirilmoqda.









