Kattaqo‘rg‘on shahar Istirohat bog‘idagi ishlar o‘rganildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova shahar Istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, shuningdek, ayni paytda davom etayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shahar hokimi mutasaddilarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash, bog‘ hududini yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi va mehmonlar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, barcha qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini to‘liq yakunlab, shahar Istirohat bog‘ini yaqinlashib kelayotgan bayram arafasida tantanali ravishda foydalanishga topshirish va ochilishini yuqori saviyada tashkil etish vazifasi belgilab berildi.

Ayni paytda bog‘ hududidagi ishlar jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan