JASORAT KO‘RSATGAN KATTAQO‘RG‘ONLIK QAHRAMON: BOBURMIRZO PARDAYEV (MARHUM) “JASORAT” MEDALI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus qutqaruv batalyoni guruh komandiri, kapitan Pardayev Boburmirzo Komiljon o‘g‘li (marhum) “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
Maʼlumot o‘rnida, masʼuliyatli kasbi bilan el koriga yaragan Kattaqo‘rg‘on shahri farzandi — 33 yoshli kapitan Boburmirzo Pardayev yaqinda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yuz bergan kuchli yong‘inda alanga ichidan 7 nafar fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olgan edi. Ammo odamlar hayotini asrab qolish jarayonida bino tomi to‘satdan o‘pirilib tushishi oqibatida o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.
O‘zgalar hayoti va xavfsizligini o‘z jonidan ustun qo‘yib, burchiga oxirigacha sodiq qolgan haqiqiy qutqaruvchi, mard va jasur hamyurtimizning xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.









