“CHINOBOD” MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Bugun, “Chinobod” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan  aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan 10 dan ortiq yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlari qabul qilindi. Qabul jarayonida fuqarolardan asosan elektr tarmog‘ini va transformatorni yangilash, yo’l va irrigatsiya tizimini ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq, uy-joy bilan ta’minlash va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolgan masalalarning ijrosi nazoratga olindi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan