E’TIROF
Shu paytgacha shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan G‘aniyev Farrux Izzatilloyevichning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tantanali kuzatish tadbiri o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan shahar hokimligi majlislar zalida rasmiy tadbir tashkil etildi. Yig‘ilganlar uning rahbarlik faoliyatida amalga oshirgan ishlarini e’tirof etib, kelgusidagi ishlariga omad tilashdi.
Tadbir so‘ngida Farrux G‘aniyevga to‘n kiydirilib, yangi lavozimiga kuzatildi.







