TAHRIRIYAT TASHABBUSI: “TONG YOG‘DUSI” MUKOFOTLARI TOPSHIRILDI!

“Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi tashabbusi bilan qalami va yurak qo‘ri bilan ziyo ulashayotgan fidoyi ijodkorlarni munosib taqdirlash maqsadida “Tong yog‘dusi” mukofoti ta’sis etildi va bugun shahar Drama teatrida ushbu nufuzli mukofotni egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida tashkil etilgan ushbu tantanali tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Bayram avvalida teatr ijodkorlari tomonidan matbuot fidoyilari hayotini aks ettiruvchi ta’sirli sahna ko‘rinishi hamda soha vakillari faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Mukofotlarni o‘z egalariga tantanali topshirish asnosida so‘zga chiqqan shahar hokimi Gavhar Alimova barcha matbuot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlarning she’rlariga bastalangan go‘zal kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan