YОSH POLVONLAR UCHUN ZAMONAVIY KURASH ZALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan yana bir muhim loyiha amalga oshirildi.

Bugun shahardagi 3-son texnikum hududida zamonaviy talablar asosida jihozlangan “Kurash mashg‘ulotlar zali”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Sanjar Kabilov, tegishli mas’ullar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, mazkur sport inshooti homiy ota-onalar tashabbusi va ko‘magi bilan ta’mirlanib, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratildi. Endi bu yerda 200 nafardan ortiq yoshlar zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan zalda sportning erkin kurash turi bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sport infratuzilmasini rivojlantirish va kelajak chempionlarini tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.

Yangi sport zali nafaqat yoshlarning jismoniy kamolotini ta’minlashga, balki ularda iroda, matonat va vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlarni shakllantirishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan