Deputatlar mahallalarda: Muammolar tahlili va yangi takliflar
Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar faqat qog‘ozda emas, balki amalda — mahallalar ichida faol ish olib bormoqda.
Bu galgi manzil — «Yermachit» mahallasi bo‘ldi. Bu yerda to‘plangan deputatlar va komissiya raislari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlarini muhokama qilishdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat J.Nosirov hamkorlikni kuchaytirish, mahallada osoyishtalik va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Asosiy maqsad bitta: Aholi farovonligini ta’minlash va mavjud masalalarni tezkor hal etish. Uchrashuvda bu boradagi kelgusi rejalar kelishib olindi.










