Deputatlar mahallalarda: Muammolar tahlili va yangi takliflar

Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar faqat qog‘ozda emas, balki amalda — mahallalar ichida faol ish olib bormoqda.

Bu galgi manzil — «Yermachit» mahallasi bo‘ldi. Bu yerda to‘plangan deputatlar va komissiya raislari hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlarini muhokama qilishdi.

​Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, deputat J.Nosirov hamkorlikni kuchaytirish, mahallada osoyishtalik va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

​Asosiy maqsad bitta: Aholi farovonligini ta’minlash va mavjud masalalarni tezkor hal etish. Uchrashuvda bu boradagi kelgusi rejalar kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan