Infratuzilmani yaxshilash loyihalari muhokama qilindi

Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Samarqand loyiha ofisi vakillarining shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qaroriga asosan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida, Kattaqo‘rg‘on shahrining 3 ta mahallasida infratuzilmani yaxshilash borasida loyihalarni shakllantirish va mablag‘ ajratish masalalari muhokama qilinib, amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Prezidentimizning mazkur qarori asosida Islom Taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish”  (2-bosqich) loyihasi doirasida 2026-2028 yillarda shahrimizning “Ko‘hnadami”, “Oq oltin” va “Kattaqo‘rg‘on” mahallalarida infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarida zarur rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan