Qadr va eʼtibor — eng oliy mukofot

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shahar hokimi Gavhar Alimova “Nuroniy” jamg‘armasi rahbari Tohir Hamidov va faollar ishtirokida front orti mehnat faxriylari holidan xabar olishdi.

Hamshaharlarimiz​ Sharif bobo Aralov, Vafo Gaffarov, Mukkaram ona Mirzayeva va Hanifa Shukurova kabi keksalarimizning fayzli xonadonlarida kechgan suhbatlar chinakam mehr va samimiyatga yo‘g‘rildi.

Nuroniylarimiz bugungi tinch va osuda kunlar, ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom uchun shukrona aytib, yurtimiz omonligini so‘rab duoga qo‘l ochdilar. Ko‘zlardagi quvonch yoshlari va dildan chiqqan duolar bayramning eng go‘zal bezagi bo‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan