EHTIROM

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan shahrimizda o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Bayram tadbirlarining navbatdagi qismi “Motamsaro ona” haykali yodgorlik majmuasida tashkil etildi.

Tadbir davomida Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida jonini fido qilgan yurt farzandlari xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, o‘tganlar ruhiga duolar qilindi.

Ayniqsa, urush va mashaqqatli yillarda farzand dog‘ini qalbida ko‘targan onalarning sabr-matonati, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar yana bir bor yodga olindi.

Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va inson qadrini ulug‘lash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan