«MTT» LARDAGI SHAROITLAR SHAHAR HOKIMI E’TIBORIDA
Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan shahrimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayoni hamda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish ishlari o’rganib kelinmoqda.
Xususan, 7-maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurgan shahar hokimi bu yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur muassasada ayni vaqtda 140 nafar tarbiyalanuvchiga 26 nafar pedagog va xodimlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.









