KATTAQO’RG’ON SHAHRIDA KENG KO’LAMLI BUNYODKORLIK ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392 sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on shahrida jami 88 mlrd 230,0 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga shahar hududida 12 ta ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
🫥 Xususan, ayni kunlarda ushbu qarorga asosan “Kattaqo‘rg‘on suv ombori”dan shaharning M-37 trassasi o‘tgan qismigacha “Chiqish” kanali bo‘ylab 11 km uzunlikdagi “sohil bo‘yi” dam olish va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etish orqali qulay maskanga aylantirish hamda Kattaqo‘rg‘on shahri hududidan o‘tuvchi 4R-46 (Samarqand-Juma) yo‘lining 66-67 km qismidagi 0,2 gektar yer maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun zarur infratuzilma bilan taʼminlash maqsadida ishlar olib borilmoqda.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova masʼullar ishtirokida ushbu obyektlarda olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida shahar hokimi pudratchi tashkilotlar rahbarlari va masʼullarga ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni berdi, hamda aholi vakillari bilan suhbatlashdi.










