SHEʼR VA ILHOM KECHASI

Kattaqo‘rg‘onda azaldan shakllangan boy ijodiy muhit bugun ham yangi isteʼdodlarni kamolga yetkazib kelmoqda.

Ana shu anʼananing yorqin davomi sifatida shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan kechada shahar hokimi G.Alimova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidova, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar shoiraning ijodiy yutuqlarini eʼtirof etib, uning sheʼrlari muxlislar qalbidan chuqur joy olganini alohida taʼkidladilar.

🫥 Tadbir talabalar tayyorlagan badiiy dastur bilan boshlanib, shoira bilan samimiy muloqotga ulandi. Guljamol Asqarova o‘z ijod yo‘li, ilhom manbalari haqida so‘zlab, sheʼrlaridan namunalar o‘qib berdi.
Kecha davomida shoiraning “Cho‘g‘ ustida raqs” kitobi taqdimoti ham o‘tkazilib, unda muallifning qalb tug‘yonlari, orzu-umidlari va turfa mavzulardagi sheʼrlari jamlangani qayd etildi.

Ijodiy uchrashuv barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, yoshlar qalbida adabiyot va ijodga bo‘lgan mehrni yana-da mustahkamladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan