KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR ISLOHOTLARNING BORISHI VA MAHALLALARDAGI O‘ZGARISHLAR O‘RGANILDI

Maqsad — muammolarni joyida hal etish va aholi farovonligini ta’minlash!

Kattaqo‘rg‘on shaharda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan biriktirilgan ishchi guruh rahbari Q.Matniyozov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari M.Zavqiyev boshchiligidagi «Islohotlar shtabi» a’zolari ishtirokida navbatdagi keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borildi.

🫥 O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagi 3 ta muhimi yo‘nalishga qaratildi:

Islohotlar shtabi faoliyati: shaharda tashkil etilgan «Islohotlar shtabi»ning ish samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi va har bir soha bo‘yicha mas’ullarning mas’uliyati tahlil qilindi.

Mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat: O‘rganishlar bevosita “Damariq”, “Yermachit” va “G’arb machit” mahalla fuqarolar yig‘inlarida davom ettirildi. Bunda mahallabay ishlash, kambag‘allikni qisqartirish va hududiy infratuzilmani yaxshilash borasidagi amaliy ishlar holati o‘rganildi.

Nuroniylarning ijtimoiy faolligi: O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi va «Nuroniy» jamg‘armasining qo‘shma qaroriga asosan, mahallalardagi ko‘chalarga mas’ul etib biriktirilgan nuroniylarning faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Xususan, «Bir nuroniyga besh nafar ehtiyojmand oila» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, keksalarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalangan holda kambag‘allikni bartaraf etish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan