MUHOKAMA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga ko‘ra mahalla yettiligi oldida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish bilan bir qatorda hududlarni obodonlashtirishga e’tiborli bo‘lish ham muhim masala hisoblanadi.
 
🇺🇿Shahar hokimi G.Alimova tomonidan mahalla yettiligi va mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu masalaga bag‘ishlandi. Unda shahar hokimi tomonidan shahrimizning bir qancha mahallalarida o‘tkazilgan yettilik a’zolarining ish faoliyatlarini tanqidiy-tahliliy o‘rganish natijalari hamda shahrimiz hududidagi mahallalar, korxona-muassasalardagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati muhokama qilindi.

🛡Shuningdek, yig‘ilishda Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha hamda shahar hokimining 2026 yil 2 apreldagi 48-7-106-F/26-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan