Shahar hokimining mahallalardagi amaliy o‘rganishlari davom etmoqda
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizning Amir Temur va “Yermachit» mahallalarida bo’lib, mahalla yettiligi a’zolarining ish faoliyatlarini tanqidiy-tahliliy o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash samaradorligi, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
🇺🇿Shuningdek, shahar hokimining 2026 yil 2 apreldagi 48-7-106-F/26-sonli farmoyishi ijrosi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holati ham muhokama markazida bo‘ldi.
O’tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim yo‘nalishlardagi ishlarni tashkil etish talab darajasida emasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan shahar hokimi tomonidan “yettilik” a’zolariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi muammolariga tizimli yondashuvni kuchaytirish va natijadorlikni oshirish yuzasidan aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, mahalla tizimidagi har bir faoliyat aholi manfaatlariga xizmat qilishi, joylardagi ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Bu kabi o’rganishlar davom etadi.











