Sayyor qabul o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahar “Go‘zalkent” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning huquqiy muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi raisi O‘.Mamadaliyev, tergov sudyasi M.Xakimov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi sudyasi D.Isayeva hamda “Adolat” SDP Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi raisi D.Xasanova ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari tinglanib, ular yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlarni joyida hal etish choralari ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar esa masʼullarga ijrosini taʼminlash uchun belgilangan tartibda yo‘naltirildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sudlarga bo‘lgan ishonchni yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









