Kattaqo‘rg‘on mahallalari yangi qiyofa kasb etadi: infratuzilmani rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay turmush sharoitini yaratishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar hokimi G‘avhar Alimova, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi loyiha ofisi rahbari Baxtiyor Sayfiddinov hamda tegishli tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-sonli qarori ijosi doirasida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi muhokama qilindi.

Mazkur loyiha doirasida Kattaqo‘rg‘on shahrining “Ko‘hnadam”, “Oq oltin” va “Kattaqo‘rg‘on” mahallalarida yo‘l, ichimlik suvi, elektr taʼminoti, irrigatsiya va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilashga qaratilgan taklif va rejalar taqdim etildi.

Taqdimot davomida mahallalarni rivojlantirishda aholi ehtiyojlari, hududlarning mavjud infratuzilmaviy holati hamda istiqboldagi o‘sish nuqtalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig’ilish yakunida mutasaddi tashkilotlarga loyihalarni sifatli va manzilli amalga oshirish, aholi bilan yaqin muloqot asosida ish olib borish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan