Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

Shahar nuroniylari uchun ziyorat va sayohat tashkil etildi

Kattaqoʻrgʻon shahrida faol faoliyat olib borayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar uchun Samarqand shahri bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy sayohat va ziyorat tadbiri tashkil etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi oldidan harakatlangan avtobusda otaxon va onaxonlar kun davomida Samarqand shahrida Amir Temur maqbarasi, Registon, Xo‘ja Doniyor hamda boshqa diqqatga sazovor va qadimiy qadamjolar, shu bilan birga yaqinda foydalanishga topshirilgan “Nuroniylar maskani” da bo‘lishdi.