Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi hamda “Finance IT” hamkorligida shahar maktablarining 5-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “IT LIDER” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqichida qatnashgan 7000 nafar yoshlarning 286 nafari shahar bosqichida ishtirok etdi. Shahar bosqichida informatika, mantiqiy-tanqidiy fikrlash hamda kompyuter savodxonligi bo‘yicha bellashib g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar taqdirlandi.
⚡️Taqdirlash tadbirida shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi. Shahar hokimi o‘quvchilarni darslardan tashqari turli kurslar va to‘garaklarda ishtirok etishlari ularni bilim salohiyatini yanada oshishida muhim ekanligini ta’kidladi va g‘olib o‘quvchilarni muborakbod etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga kompyuter jamlanmasi hamda vaucherlar topshirildi. Shuningdek, 2 va 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga ham qimmatbaho sovg‘alar va vaucherlar topshirildi.
More Stories
“Dolzab 30 kun oyligi hamda Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi