Bugun shahar hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati kengashlarining 14.09.2019 yildagi “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi 2736-III-son qoʻshma qarorining shahrimizdagi ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar Soliq inspeksiyasi boshligʻi F.Gʻaniyev, Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri N.Hakimov hamda shahrimizdagi toʻyxona va tadbirlar maskanlari mas’ullari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda ishtirokchilarga Respublika Parlamenti kengashlarining qoʻshma qarorining mazmun mohiyati, talablari hamda toʻyxonalarda toʻy tadbirlarini oʻtkazishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar yana bir karra tushuntirilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.