🤾‍♂Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan oʻgʻil bolalar jamoalari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha «Yoshlik sport jamoalari» sport musobaqalarining viloyat bosqichi Urgut tumanida o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa yakuniga ko‘ra:

🥇 I-o‘rinni Ishtixon tumani 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.

🥈 II-o‘rinni Toyloq tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;

🥉 III-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan