Mirzo Ulugʻbek 1394-yil 22-mart kuni Sultoniya shahrida tugʻilgan. 1409-yilda u Samarqand hokimi, otasi Shohruhning oʻlimidan soʻng, 1447-yilda Temuriylar sulolasiga bosh boʻladi.
Rasadxona qurib, yulduzlar ilmini oʻrganadi, “Ziji Koʻragoniy” nomli yulduzlar xaritasini tuzadi.
Ulugʻbek yirik olim boʻlishiga qaramasdan toʻrtta ilmiy asar yozib qoldirgan. Uning qalamiga mansub eng mashhur asar “Ziji Jadidi Koʻragoniy”dir. Riyoziyotga mansub “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bagʻishlangan “Risolai Ulugʻbek”, tarixga oid “Toʻrt ulus tarixi” asari mavjud.
Ulugʻbek 1449-yili 27-oktyabrida fojiali halok boʻladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan