✅ 9-fevral – Gʻazal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Mazkur sana munosabati bilan joylarda turli uchrashuvlar va bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda.
✍🏻Shu jumladan, Samarqand Pedagogika texnikumida ham Аlisher Nаvoiy tаvаlludining 584 yilligi mutafakkir bobomiz ilmiy va badiiy meʼrosini oʻrganish va uni targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
🟢Tadbirda ulugʻ bobomiz ijodiy merosidan oʻrin olgan gʻazal va ruboiylar oʻqilib, shoir dahosi eʼtirof etildi. Texnikum talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari hamda ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha ruh baxsh etdi.

