KATTAQO‘RG‘ONDA “ERTA ANIQLA – HAYOTNI SAQLA!” SHIORI OSTIDA “5000 QADAM” OMMAVIY YURISH MARAFONI VA ERTALABKI BADANTARBIYA TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Bugun erta tongda Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish hamda onkologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan “ERTA ANIQLA – HAYOTNI SAQLA!” shiori ostida “5000 qadam” ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

🇺🇿Marafonda Kattaqo’rg’on shahar hokimligi, shahar Sog’liqni saqlash bo’limi va ta’lim muassasalari xodimlari hamda harbiy xizmatchilar, Kattaqo’rg’on Davlat Pedagogika institut talabalari, xotin-qizlar, yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Ushbu tashabbus orqali muntazam piyoda yurishning yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash, ortiqcha vaznning oldini olish, qandli diabet va boshqa surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish, shuningdek, insonning ruhiy va jismoniy holatini yaxshilashdagi ahamiyati targ‘ib qilindi.

Tadbir doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi binosi oldidagi maydonda professional sport murabbiyi boshchiligida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan