KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining sayyor qabuli Kattaqo‘rg‘on shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikada o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ullar belgilanib, ularning ijrosini nazoratga olish choralari ko‘rildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning murojaatlariga tezkor va manzilli munosabat bildirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida uchrayotgan muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.









