VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jasorat maktabi” sinflariga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 5–6-sinflarda tahsil olayotgan 52 nafar o‘quvchi Vatanga sadoqat, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga tantanali qasamyod qildi.

Shahar hokimi o‘rinbosari J. G‘aniev yoshlarni tabriklab, ularni bilimli, mard va vatanparvar bo‘lishga chorladi. Shuningdek, “Vatan tayanchi” otryadining faol va namunali 11-sinf o‘quvchilariga ko‘krak nishonlari topshirildi.

Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tashkil etilgan bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan