ONA TILIM — MILLATIM G‘URURI, MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI
Shahrimizdagi Pedagogika texnikumida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda o‘zbek tilining boy tarixi va betakror jozibasini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlarda ona tilining millat ma’naviyati, milliy o‘zligi va g‘ururini ifodalovchi bebaho ne’mat ekani yorqin namoyon bo‘ldi.
Ona tili — millatning ruhi, tarixning tirik xotirasi va kelajakka eltuvchi ma’naviy ko‘prikdir.
Uni sevish, ardoqlash, sofligini saqlash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.









