Migratsiyadagi yoshlar bilan muloqot o’tkazildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimovaning xorijiy migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqoti tashkil etildi. Muloqot jarayonida tegishli mutasaddilar va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Onlayn muloqotda migratsiyadagi yoshlar o‘z muammo va takliflari bilan shahar hokimiga bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Muloqot jarayonida chet elda istiqomat qilayotgan va ishlayotgan yoshlarning turmush sharoitlari muhokama qilinib, ular tomonidan berilgan kadastr, tadbirkorlik faoliyati, o‘z mutaxassisligi doirasida ishga joylashish kabi masalalar bo‘yicha 10 dan ortiq murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari bo’yicha yoshlarga huquqiy tushunchalar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar xorijda yurgan yoshlar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va mamlakatimizdagi imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zero, yoshlar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ularning murojaatlari, manfaatlari va kelajagi doimo e’tiborda!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan