NAMANGANDAN G’ALABA BILAN!
Joriy yilning 6–12-sentabr kunlari Namangan shahrida sportning penchak silat turi bo’yicha barcha yosh toifalari o’rtasida nufuzli musobaqa bo’lib o’tdi. Unda Kattaqo’rg’on shahar sport maktabimiz tarbiyalanuvchilari ham munosib ishtirok etib, yuqori tayyorgarlik va matonatini namoyish etishdi.
Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakuniga ko’ra, shogirdlarimiz maktabimiz sharafini munosib himoya qilib, umumiy hisobda 15 ta medalni qo’lga kiritishdi:
Sportchilarimiz nafaqat yakkalik bellashuvlarda, balki «Ganda» yo’nalishida ham yuqori mahorat ko’rsatib, faxrli o’rinlarni egallashdi. Shogirdlarimning bu kabi yutuqlari tinimsiz mehnat va mashg’ulotlar mahsulidir.
Farzandlarimizga bildirilgan ishonch va qo’llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiraman.
Kelgusi musobaqalarda ham sport maktabimiz nomini yanada yuqori cho’qqilarga olib chiqishga harakat qilamiz!
Shamshod ERGASHEV,
murabbiy.






