Ruxsatsiz ko‘p kvartirali uy qurish uchun javobgarlik kuchaytirildi

Hurmatli fuqarolar va qurilish sohasi vakillari!

Qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan muhim qonunchilik o‘zgarishlari qabul qilindi.

O‘RQ–1179-son Qonun (28.09.2026-yil) bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ruxsatnoma olish majburiyati

«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan tegishli ruxsatnoma olish talab etiladi.

Ruxsatnomasiz ko‘p kvartirali uy qurishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jinoiy javobgarlik

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq:

Ko‘p kvartirali uylarni tegishli ruxsatnomasiz qurish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa — 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilandi.

Mazkur harakatlar oqibatida odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar yuzaga kelsa — 5-yildan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Kuchga kirish muddati:

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan