MAHALLADA XAVFSIZ MUHIT – UMUMIY MAS’ULIYAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qaroriga muvofiq, Kattaqo’rg’on shahar mahallalarida xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun shahrimizning Amir Temurmahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar IIB boshlig’i Vaxob Axmedov, hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi va aholi vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida hududda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, bu jarayonda mahalla faollarining mas’uliyatini oshirish masalalari ta’kidlandi.
Shuningdek, oila va turmush doirasida sodir etilgan huquqbuzarliklar hamda yuzaga kelgan nizolar yuzasidan IIB ning 112 ishonch raqamiga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan fuqarolar bilan qabul va murojaatlar muhokamasi o‘tkazildi.
Mazkur mahalladagi muloqot davomida shahar hokimi, 1-sektor rahbari G. Alimovaning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli ham o‘tkazildi.
Qabul jarayonida 10 nafarga yaqin fuqarolardan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy nafaqalar, kredit ajratish, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar va boshqa masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 3 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.






