KATTAQO‘RG‘ON: KECHAGI IZLAR, BUGUNGI MANZILLAR

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun shahrimizda “Kattaqo‘rg‘on: kechagi izlar, bugungi manzillar” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Drama teatrida o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, nuroniylar, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Mas’ul muharrir Jamshid Nosirov shahar hokimining g‘oyasi asosida nashr etilgan kitobning tarixi va ijodiy jamoaning zahmatli mehnati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Namoyish etilgan videorolik esa yig‘ilganlarni bir lahzaga moziyga qaytarib, shahrimizning bugungi shiddatli odimlarini yorqin ko‘rsatib berdi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova o‘z so‘zida kitobning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi:
«Bu kitob shunchaki qog‘ozga muhrlangan sahifalar emas, unda ota-bobolarimizning mehnati va bugungi xalqimizning orzu-umidlari yashaydi. Kechagi izlarimizni anglamasdan turib, porloq ertamizga mustahkam poydevor qo‘ya olmaymiz».

Ushbu majmua — o‘tmishni anglash va ertangi kunga ishonch bilan boqishga chorlovchi bebaho ma’naviy xazinadir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan