VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Bugun viloyat hokimligining videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari shahar hokimligidan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi tomonidan kun tartibidagi Davlatimiz Rahbarining «Mahallalarda aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish» bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi borasida qilingan ishlar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi. Mazkur vazifalarni sifatli va muddatida amalga oshirish borasida mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda «Yashil makon» dasturi bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar va ularning ijrosi bo‘yicha ham mas’ullarning axboroti eshitildi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.









