Korxonalar_faoliyatini_rivojlantirish_yo’lida
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova shaharda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari faoliyatini o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
Ushbu o‘rganishlar yuzasidan shahar hokimi G.Alimova mas’ullar hamrohligida “Qo’shxovuz- 1″ kichik sanoat zonasida joylashgan korxonalarga tashrif buyurdi.
Mazkur kichik sanoat zonasiga Vazirlar Mahkamasining 495-sonli qaroriga asosan drayver loyihalar dasturi doirasida 3,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, sanoat zonasiga olib boruvchi yo‘l asfaltlashtirildi hamda 1 ta suv inshooti qurib, foydalanishga topshirildi. Hozirgi vaqtda tungi yoritish tizimini o’rnatish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Ushbu kichik sanoat zonasidagi korxonalar asosan mebel ishlab-chiqarish, go‘shtni qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirish va qo‘shimcha loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish davomida korxonadagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar bo’yicha tegishli vazifalar belgilandi.









