Kattaqo‘rg‘on shahrida bilimlar kuni tadbirlari o‘tkazildi

Bugun Respublikamiz singari Kattaqo‘rg‘on shahrida ham barcha maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar 8 maktabda o’tkazilgan tantanali tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdilar.Shahar hokimi Prezident tabrigini o’qib eshittirdi va maktab jamoasi hamda o‘quvchi-yoshlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdi. Ularni yuksak bilim egalari bo‘lib voyaga yetishlari va yurtimiz, shahrimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdi.

O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Qadrdon bo‘lgan birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi va o‘quvchilarni o‘z sinflariga chorladi.

Maktabga 1- sinfga qabul qilingan 139 nafar o’quvchilarga Prezident sovg’alari topshirildi.

Joriy yilda shahrimizdagi maktablarning 1-sinfiga 2131 nafar o»quvchi qabul qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan