MAHALLALARDA BAYRAM SHODIYONASI

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — Mustaqilligimizning 35 yillik qutlug‘ ayyomi munosabati bilan shahrimiz mahallalarida bayram dasturxonlari yozildi. Mazkur fayzli tadbirlarga mahalla faollari, tabarruk nuroniy otaxonlar va duogo‘y onaxonlar taklif etildi.

Bayram tadbirlarida ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova hamshaharlarimizni qutlug’ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Hokim o‘z so‘zida Mustaqillik sharofati bilan mahallarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, mahalladagi hamjihatlik va ahllik muhiti mana shunday fayzli va dilkash tadbirlarning asl mazmun-mohiyati ekani taʼkidlandi.

Tantanali marosimlarda mahallani rivojlantirish, obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mahalla faollari va fidoyi tadbirkorlarga shahar hokimining тashakkurnomalari topshirildi.

Shundan so‘ng bayramning badiiy qismida yangragan kuy va qo‘shiqlar hamda bolajonlarning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan