“NAVBAHOR” MAHALLASIDA QUTLUG‘ AYYOM
Eng ulug‘ va eng aziz ayyomimiz — Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonasi Kattaqo‘rg‘onning har bir go‘shasida, xususan “Navbahor” mahallasida ham o‘zgacha ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.
Mahallaga jam bo‘lgan tabarruk nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bayramni samimiy va fayzli muhitda kutib oldilar.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova mahalla ahlini qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi. Hokim o’z so‘zida bugungi kunda mahallada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi ekanini alohida eʼtirof etdi.
Tantanali marosimda mahallani rivojlantirish, obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mahalla faollari va fidoyi tadbirkorlarga shahar hokimining Tashakkurnomalari topshirildi. Bu kabi eʼtibor va eʼtirof yig‘ilganlarga yana-da baland ruh bag‘ishladi.
Shundan so‘ng bayramning badiiy qismida yangragan xushohang kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.









