Kattaqo‘rg‘on shahrida zamonaviy “Yoshlar markazi” ishini boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqandga tashriflarida Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi G.Alimova tomonidan ilgari surilgan “Ishbilarmonlar markazi” binosida yoshlar uchun zamonaviy “Yoshlar markazi”ni tashkil etish takliflari qo‘llab-quvvatlangan edi.
Bugun, mazkur 4 qavatdan iborat, qiymati 14 mlrd so‘m bo‘lgan zamonaviy maskan Prezidentimizning kattaqo‘rg‘onlik yoshlarga sovg‘asi sifatida o‘z eshiklarini ochdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, shahar hokimi Gavhar Alimova, viloyat Yoshlar ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonov hamda keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar ushbu markaz yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt, xorijiy tillarni o‘rganish, kitobxonlik, sport hamda yangi loyiha va startaplarni amalga oshirish uchun qulay maskan bo‘lishini taʼkidladilar.
Muhimi bu imkoniyat Mustaqillikning 35 yilligiga kattaqo‘rg‘onlik yoshlarga ajoyib tuhfa bo‘ldi.









