Shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiya kun tartibidan 9 da shahrimiz hayotiga oid muhim va dolzarb masalalar o‘rin oldi.
Jumladan, yig‘ilishda shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limining mahalliy byudjet ijrosi hamda qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish yuzasidan hisoboti tinglandi. Shuningdek, soliq tushumlarini ko‘paytirish va qarzdorliklarni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, sessiya kun tartibidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shahar markaziy ko‘chalarida chiqindilarni olib chiqish va obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha tariflarni belgilash, shuningdek, «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» hamda «Yoshlar daftari» jamg‘armalari mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari ham o‘rin oldi. Sessiya yakunida sohaga oid tegishli qarorlar qabul qilindi.









